,
18.08.2020

Oʻzbekistonlik yosh matematiklar - xalqaro olimpiada gʻoliblari!

Oʻzbekistonlik yosh matematiklar - xalqaro olimpiada gʻoliblari!

Bir necha kun avval Oʻzsanoatqurilishbank homiyligida “Khwarizmi International School of Olympiads” nodavlat taʼlim muassasasining 8 nafar tinglovchisi 5-xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasiga joʻnab ketgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 18 mart kuni natijalar eʼlon qilindi. Unga koʻra, oʻzbekistonlik yoshlar jamoasi 3 ta kumush va 3 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.

Kichik yoshlilar (junoirs) oʻrtasida Jaloliddin Xolmatov kumush, Iskandar Boʻriyev va Muhammadrizo Madjidov bronza medalini qoʻlga kiritishgan boʻlsa, kattalar (seniors) oʻrtasida Farrux Mahmudov, Abdulla Ismatov kumush va Najmiddin Ibrohimov bronza medalini qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, Abror Boʻtayev va Muhammadamin Abdullayev faol ishtiroki uchun diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Jamoamiz nomidan ularni yana bir bor tabriklaymiz!

Oʻzsanoatqurilishbank – isteʼdodli yoshlarga qanot boʻlishdan hamisha mamnun!


Oxirgi yangilanish sanasi: 18.08.2020 18:13

JOYDA - mobil ilovasi

Onlayn bank va muddatli to'lovga maxsulotlar do'koni sizning telefoningizda