SMM-menejer

O‘zbekiston Respublikasidagi yirik aktsiyadorlik tijorat banklaridan biri bo‘lgan O‘zsanoatqurilishbankda SMM-menejerga talab mavjud


BIZ SIZGA NIMA TAKLIF QILA OLAMIZ

  • O‘zR qonunchiligiga muvofiq ishga joylashish;
  • poytaxt markazidagi qulay joylashuv;
  • mamlakatning yirik bankida xizmat pog‘onasida o‘sish;
  • munosib ish haqi;
  • ahil jamoa va qiziqarli ish;
  • yuqori malakali mutaxassislar (jamoa)dan tajriba orttirish imkoniyati;
  • korporativ tadbirlar.

BIZ HAQIMIZDA QISQACHA MA’LUMOT

Bankimiz 1922 yilda tashkil topgan bo‘lib, yuz yildan ziyod tarixga ega.

Bugungi kunda bankning 45dan ortiq filiali mavjud bo‘lib, unda 4000dan ziyod xodim faoliyat yuritadi.

Bizning qadriyatlarimiz: xizmat ko‘rsatish sifati, faoliyatning shaffofligi, iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlar, yetakchilik.


SIZNING MAJBURIYATLARINGIZ

  • Ijtimoiy OAVda mavjudlikni ta’minlash: Facebook, Twitter, Instagram, LinkedIn va boshqalar;
  • Bankning auditoriyasi uchun maqsadli reklama. Samarali to‘lovli reklamani o‘rnatish;
  • Kompaniyani raqamli axborot maydonidagi ishtirokini ta’minlash: Wikipedia, xalqaro va mahalliy ma’lumotlar bazalari, entsiklopediyalar;
  • Matnlar, nashrlar, postlar tyozish;
  • Axborot maydonidagi barcha nashrlarni koprayter-korrektor va matbuot kotibi bilan kelishilgan xolda joylashtirish;
  • Axborot rejalashtirish. Loyihalar, ularni amalga oshirish bosqichlari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash va axborot rejaga kiritish;
  • Asosiy raqamli OAV bazasini boshqarish – ikkitomonlama doimiy alotsani ta’minlash, xamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangiliklar, tanqidiy vaziyatlar uchun muxim operativ kontaktlarni tarqatish. Ustuvor OAV va blogerlar ro‘yxati – ismlar, telefon raqamlar, manzillarni ta’minlash.

BUNING UCHUN SIZDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI

  • Marketing, jurnalistika, filologiya, reklama va PR yo‘nalishiga oid mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajriba;
  • Tillarni bilish – o‘zbek/rus tillari (mukammal) ingliz tili (xush ko‘riladi);
  • Ijtimoiy tarmoqlarni bilish;
  • PK, ofis texnikasidan foydalanishni yaxshi bilish;
  • O‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda erkin va savodli ifoda etish ko‘nikmasi.

 

BANKIMIZDA QADRLANADIGAN FAZILATLAR

  • Statistik ma’lumotlarni to‘plash va ularga ishlov berish ko‘nikmasi;
  • Jamoada ishlash ko‘nikmasi;
  • Kuchli kommunikativ ko‘nikmalar;
  • Ko‘p vazifalarni bir vaqtda olib borish qobiliyati.

 

Agar Siz 25-30 yosh faol va kreativ yigit bo‘lsangiz va o‘z ishingizni ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qilolmasangiz, unda bizning jamoamiz a’zosiga aylaning!



Bo'sh ish o'ringa murojaat qoldirish

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.