Loyihalar jamoasi bo‘limi boshlig‘i

 

O‘zbekiston Respublikasidagi yirik aktsiyadorlik tijorat banklaridan biri bo‘lgan O‘zsanoatqurilishbankda Loyihalar jamoasi bo‘limi boshlig‘iga talab mavjud

 

BIZ SIZGA NIMA TAKLIF QILA OLAMIZ

  • O‘zR qonunchiligiga muvofiq ishga joylashish;
  • poytaxt markazidagi qulay joylashuv;
  • mamlakatning yirik bankida xizmat pog‘onasida o‘sish;
  • munosib ish haqi;
  • ahil jamoa va qiziqarli ish;
  • yuqori malakali mutaxassislar (jamoa)dan tajriba orttirish imkoniyati;
  • korporativ tadbirlar.

 

BIZ HAQIMIZDA QISQACHA MA’LUMOT


Bankimiz 1922 yilda tashkil topgan bo‘lib, yuz yildan ziyod tarixga ega.

Bugungi kunda bankning 45dan ortiq filiali mavjud bo‘lib, unda 4000dan ziyod xodim faoliyat yuritadi.

Bizning qadriyatlarimiz: xizmat ko‘rsatish sifati, faoliyatning shaffofligi, iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlar, yetakchilik.

 

SIZNING MAJBURIYATLARINGIZ

  • Investitsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini tartibi, umumiy tamoyillari va baxolash kriteriylarini aniqlash;
  • Ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, investitsion loyihalarning pasportlarini ishlab chiqish;
  • Investitsion xatarlarni tahlil qilish;
  • Loyihalarni moliyalashtirish manbalarining tuzilmasini tahlil qilish va tanlash;
  • Investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha nazorat jarayonida qatnashish.

 

BUNING UCHUN SIZDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI

  • Oliy ma’lumot;
  • Tillarni bilish – o‘zbek/rus tillari (mukammal);
  • Loyihalarni boshqarish bo‘yicha kamida 2 yillik tajriba;
  • Loyihalarni boshqarish bo‘yicha kurslar, loyihalarni boshqarish sohasidagi standartlar va eng yaxshi amaliyotlarni bilish;
  • Loyihalarni boshqarish bo‘yicha metodologiyalarga ega bo‘lish (PMBOK va boshqa metodologiyalar asosida);
  • Biznes yozishmalar bilan ishlash tajribasi, buyruqlar, rasmiy xatlar shakllantirish;
  • Bank sohasiga oid qonunchilik, farmonlarni bilish.

 

BANKIMIZDA QADRLANADIGAN FAZILATLAR

  • Intizomli;
  • Kuchli kommunikativ ko‘nikmalar;
  • Mas’uliyat;
  • Tahliliy va tizimli fikrlash;
  • Taqdimot o‘tkazish ko‘nikmalari;
  • Natijaga erishish maqsadiga egalik;
  • Stressga chidamlilik, qisqa muddatlar bilan ishlashni bilish;
  • O‘zgaruvchan ustunliklar bilan ishlashni bilish;
  • Etakchilik qobiliyatlar.

 

Agar Siz boshqalarning qobiliyatlarini rivojlantirishni xush ko‘rsangiz, unda bizning jamoamiz a’zosiga aylaning!



Bo'sh ish o'ringa murojaat qoldirish

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.