Internet-marketing bo‘yicha menejer

O‘zbekiston Respublikasidagi yirik aktsiyadorlik tijorat banklaridan biri bo‘lgan O‘zsanoatqurilishbankda Internet-marketing bo‘yicha menejerga talab mavjud

 

BIZ SIZGA NIMA TAKLIF QILA OLAMIZ

  • O‘zR qonunchiligiga muvofiq ishga joylashish;
  • poytaxt markazidagi qulay joylashuv;
  • mamlakatning yirik bankida xizmat pog‘onasida o‘sish;
  • munosib ish haqi;
  • ahil jamoa va qiziqarli ish;
  • yuqori malakali mutaxassislar (jamoa)dan tajriba orttirish imkoniyati;
  • korporativ tadbirlar.

 

BIZ HAQIMIZDA QISQACHA MA’LUMOT

Bankimiz 1922 yilda tashkil topgan bo‘lib, yuz yildan ziyod tarixga ega.

Bugungi kunda bankning 45dan ortiq filiali mavjud bo‘lib, unda 4000dan ziyod xodim faoliyat yuritadi.

Bizning qadriyatlarimiz: xizmat ko‘rsatish sifati, faoliyatning shaffofligi, iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlar, yetakchilik.

 

SIZNING MAJBURIYATLARINGIZ

  • Web-da bankning sifatli mavjudligini ta’minlash, bankning saytlarini boshqarish;
  • Kontekstli reklamani targ‘ib qilish;
  • Qidiruv tizimlarda elektron materiallar, tashkilot saytlarining matnlarini kalit so‘rovlar bo‘yicha moslashtirish;
  • Bankni qidiruv tizimlarda rag‘batlantirish, kontekstli reklama yordamida reytinglarda yetakchi o‘rinlarga erishish, qidiruv jarayonini optimallashtirish (Google Adwards, Yandeks Direkt). Samarali to‘lovli reklamani o‘rnatish;
  • Kontentni boshqarish: raqamli OAVda bankning ekspert xulosasini mavjudligini ta’minlab beruvchi nashrlarni chiqishi, bank tizimidagi ekspertlar bilan ish olib borish, ma’lumotlarni tayyorlash, nashrlar rejasini shakllantirish, raqamli OAV bilan xamkorlikda nashrlarni joylashtirish.

 

BUNING UCHUN SIZDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI

  • Marketing, jurnalistika, filologiya, reklama va PR yo‘nalishiga oid mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajriba;
  • Tillarni bilish – o‘zbek/rus tillari (mukammal) ingliz tili (xush ko‘riladi);
  • Ijtimoiy tarmoqlarni bilish;
  • PK, ofis texnikasidan foydalanishni yaxshi bilish;
  • O‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda erkin va savodli ifoda etish ko‘nikmasi.

 

BANKIMIZDA QADRLANADIGAN FAZILATLAR

  • Statistik ma’lumotlarni to‘plash va ularga ishlov berish ko‘nikmasi;
  • Jamoada ishlash ko‘nikmasi;
  • Kuchli kommunikativ ko‘nikmalar;
  • Ko‘p vazifalarni bir vaqtda olib borish qobiliyati.

 

Agar Siz 25-30 yosh faol va kreativ yigit bo‘lsangiz, unda bizning jamoamiz a’zosiga aylaning!



Bo'sh ish o'ringa murojaat qoldirish

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.