Bank taraqqiyot markazi o‘qituvchi-treneri

O‘zbekiston Respublikasidagi yirik aktsiyadorlik tijorat banklaridan biri bo‘lgan O‘zsanoatqurilishbankda Bank Taraqqiyot markazi o‘qituvchi-trenerga talab mavjud

 

BIZ SIZGA NIMA TAKLIF QILA OLAMIZ

  • O‘zR qonunchiligiga muvofiq ishga joylashish;
  • poytaxt markazidagi qulay joylashuv;
  • mamlakatning yirik bankida xizmat pog‘onasida o‘sish;
  • munosib ish haqi;
  • ahil jamoa va qiziqarli ish;
  • yuqori malakali mutaxassislar (jamoa)dan tajriba orttirish imkoniyati;
  • korporativ tadbirlar.

 

BIZ HAQIMIZDA QISQACHA MA’LUMOT

Bankimiz 1922 yilda tashkil topgan bo‘lib, yuz yildan ziyod tarixga ega.

Bugungi kunda bankning 45dan ortiq filiali mavjud bo‘lib, unda 4000dan ziyod xodim faoliyat yuritadi.

Bizning qadriyatlarimiz: xizmat ko‘rsatish sifati, faoliyatning shaffofligi, iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlar, yetakchilik.

 

SIZNING MAJBURIYATLARINGIZ

  • Bank o‘qitish va rivojlantirish rejalariga ko‘ra treninglar, seminarlar va boshqa turdagi o‘quv tadbirlar o‘tkazish;
  • O‘quv jarayonida metodologik yordam;
  • Xodimlarni baxolash (testlar, masalalar, so‘rovnomalar) jarayonini amalga oshirish va materiallarni ahlil qilish;
  • Xisobotlar tayyorlash va samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Xodimlarning professional imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish.

 

BUNING UCHUN SIZDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI

  • Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, pedagogika);
  • Tillarni bilish – o‘zbek/rus tillari (mukammal);
  • Zaruratdan kelib chiqgan xolda o‘quv kurslar va dasturlarni mustaqil ishlab chiqish;
  • Ushbu sohada rivojlanish istagi;
  • Moliyaviy muassasalarda o‘quv dasturlar va treninglar olib borish bo‘yicha kamida 2 yil tajribaga ega bo‘lish;
  • Bank faoliyati, psixologiya va menejment sohasiga oid bilimlarga ega bo‘lish;
  • Turli yoshda bo‘lgan auditoriya bilan ishlash tajribasi.

 

BANKIMIZDA QADRLANADIGAN FAZILATLAR

  • Intizomli;
  • Kuchli kommunikativ ko‘nikmalar;
  • Mas’uliyat;
  • Taqdimot o‘tkazish ko‘nikmalari;
  • Oratorlik maxorat;
  • Auditoriya e’tiborini jalb qilish;
  • O‘ta faol.

 

Agar Siz boshqalarning qobiliyatlarini rivojlantirishni xush ko‘rsangiz, unda bizning jamoamiz a’zosiga aylaning!



Bo'sh ish o'ringa murojaat qoldirish

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.