Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis

O‘zbekiston Respublikasidagi yirik aktsiyadorlik tijorat banklaridan biri bo‘lgan O‘zsanoatqurilishbankda Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisga talab mavjud

 

BIZ SIZGA NIMA TAKLIF QILA OLAMIZ

  • O‘zR qonunchiligiga muvofiq ishga joylashish;
  • poytaxt markazidagi qulay joylashuv;
  • mamlakatning yirik bankida xizmat pog‘onasida o‘sish;
  • munosib ish haqi;
  • ahil jamoa va qiziqarli ish;
  • yuqori malakali mutaxassislar (jamoa)dan tajriba orttirish imkoniyati;
  • korporativ tadbirlar.

 

BIZ HAQIMIZDA QISQACHA MA’LUMOT

Bankimiz 1922 yilda tashkil topgan bo‘lib, yuz yildan ziyod tarixga ega.

Bugungi kunda bankning 45dan ortiq filiali mavjud bo‘lib, unda 4000dan ziyod xodim faoliyat yuritadi.

Bizning qadriyatlarimiz: xizmat ko‘rsatish sifati, faoliyatning shaffofligi, iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlar, yetakchilik.

 

SIZNING MAJBURIYATLARINGIZ

  • Uskunalar bilan ishlash;
  • Dasturiy ta’minot bilan ishlash;
  • Multivendor qarorlar bilan ishlash;
  • Server va tarmoq uskunalarni sozlash.

 

BUNING UCHUN SIZDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI

  • Oliy ma’lumot;
  • 1 yildan kam bo‘lmagan ish tajriba;
  • Tillarni bilish – o‘zbek/rus tillari (mukammal);
  • Kompyuterli, serverli va tarmoqli uskunalarni apparatli komponentlarini bilish bo‘yicha kuchli texnik bilimlarga ega bo‘lish;
  • Bir tizim va turli tizimlar ichidagi komponentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jarayonlarini tushunish;
  • Serverli operatsion tizimlarni tushunish va ular bilan ishlash tajribasi (Win, Linux oyliklari);
  • Virtuallashtirishni bilish va virtual muhitda ishlash tajribasi;
  • Tarmoqli texnologiyalar (CCNA darajasida, sertifikatlarga ega bo‘lish shartli emas) va tarmoq faoliyatini tamoyillarini bilish.

 

BANKIMIZDA QADRLANADIGAN FAZILATLAR

  • Intizomli;
  • Kuchli kommunikativ ko‘nikmalar;
  • Mas’uliyat;
  • Natijaga erishish maqsadiga egalik;
  • Tizimli fikrlash;
  • Jamoada ishlash ko‘nikmasi.

 

Agar Siz axborot texnologiyalar sohasida mutaxassis bo‘lsangiz, unda bizning jamoamiz a’zosiga aylaning!



Bo'sh ish o'ringa murojaat qoldirish

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.