Shakl:Shrift o'lchami:
05.11.2018

Xitoy Sanoat-tijorat banki vakillari bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha press-reliz

Xitoy Sanoat-tijorat banki vakillari bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha press-reliz 2018 yil 1 noyabrda Xitoy Sanoat-tijorat banki Global moliyalashtirish departamenti bosh direktori o‘rinbosari Chjao Futszyun  xonim boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan “Tashkent siti” biznes-markazida bosh ofisni qurish uchun jalb qilinayotgan kredit shartlari muhokama etildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Xitoy Sanoat-tijorat banki delegatsiyasi rahbari va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisi o‘rtasida “Tashkent siti” biznes-markazida “O‘zsanoatqurilishbank”ning bosh ofisi qurilishi bo‘yicha mandatni taqdim etishga doir Eksklyuziv bitim imzolandi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida O‘zbekiston korxonalari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qaratilgan investitsion loyihalarni amalga oshirish borasida ikki mamlakat banklari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Jumladan, Xitoy tomoniga yuqori sifatli rulonli metalloprokatni ishlab chiqarish, “Quvasoytsement” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va “Yaypantsement” MChJ sement zavodini qurish bo‘yicha loyihalar taklif etildi.

Xitoy tomoni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan loyiha hujjatlari va zarur uskunalarni yetkazib beruvchilar haqida to‘liq ma’lumot taqdim etilgan holda zarur kredit mablag‘larini ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.

Ma’lumot uchun:

Xitoy Sanoat-tijorat banki (Industrial and Commercial Bank of China- eng yirik xitoy tijorat banki. Bank 1984 yilda tashkil etilgan, 2005 yilda - mas’uliyati cheklangan aktsiyadorlik kompaniyaga aylantirilgan. 2018 yilda bank ketma-ket olti yildan buyon Forbes tomonidan har yili e’lon qilinadigan Global 2000eng yirik ommaviy kompaniyalar reytingida yetakchi qilib, uning daromadi 165,3 mlrd. AQSh dollari (18-o‘rin), sof foydasi 43,7 mlrd AQSh dollari (3-o‘rin), aktivlari - 4210,9 mlrd AQSh dollari (1-o‘rin) va kapitallashuvi - 311 mlrd AQSh dollari (14-o‘rin) tashkil etadi.


«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.