Maslahatga buyurtma bering
05.11.2018

Islom investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (IIEKSK) vakillari bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha press-reliz

2018 yil 30 oktyabr kuni Islom investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (IIEKSK) Ijrochi direktori janob Usama Kaissi boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Islom taraqqiyot banki (ITB) hamda ITB guruhiga kiruvchi tashkilotlar bilan samarali hamkorlikka yuqori baho berdi.

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB vakillari Islom korporatsiyasi bilan hamkorlikda “Islom bankingi darchalari” xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik haqida xabardor qilishdi, uning asosiy maqsadlari shariat tamoyillari asosida yangi moliyaviy xizmatlar turlarini joriy etish, musulmon mamlakatlari moliyaviy sektorlaridan pul resurslarini jalb qilish, moliya-bank sektorida raqobatni mustahkamlash va kuchaytirishdan iborat.

Mamlakatimizda yuz berayotgan jadal ijobiy jarayonlar asnosida IIEKSK vakillarining tashrifi islom moliyalashtirish instrumentlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, bunda mamlakatimiz tijorat banklari hamda kichik va o‘rta biznes vakillarining ularga ehtiyojini hisobga olishda muhim ahamiyat kasb etishiga umid bildirildi.

IIEKSK rahbari, samimiy qutlov so‘zlari uchun minnatdorchilik bildirib, korporatsiya faoliyati haqida qisqacha taqdimot o‘tkazdi, jumladan, tashkilotning asosiy missiyasi Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo mamlakatlar o‘rtasida savdo amaliyotlari va investitsiyalar oqimi hajmini investitsiyalar, eksport kreditlarini sug‘urtalash  hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarni ilgari surish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etish orqali kengaytirish ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: Islom investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (IIEKSK) 1994 yil 1 avgustda tashkil etilgan xalqaro tashkilotidir. Korporatsiya Islom taraqqiyot banki (ITB) Guruhi tarkibiga kiradi. Hozirgi kunda uning a’zolari - bu ITBga a’zo 44 mamlakatlardir. IIEKSK bu eksport kreditlashni, siyosiy tavakkalchiliklardan sug‘urtalash hamda islom shariati tamoyillariga muvofiq qayta sug‘urtalash xizmatlarini taqdim etuvchi dunyodagi yagona multimilliy sug‘urta kompaniyasidir.

IIEKSK eksport kreditlari va investitsiyalarini sug‘urtalash bo‘yicha quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

- eksport kreditlarini sug‘urtalash eksporterlarni tijorat tavakkalchiligi va/yoki siyosiy tavakkalchiligini amalga oshirish natijasida yuzaga keluvchi eksport qarzni to‘lamaganlikdan himoya qiladi;

- IIEKSK investitsiyalarni sug‘urtalashi investorlar va qarzdorlarni siyosiy (mamlakatga doir) tavakkalchiliklardan himoya qiladi;

- eksport kredit agentliklari (EKA) uchun qayta sug‘urtalash xizmatlari.

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.