Maslahatga buyurtma bering
24.12.2015

2015 yil 18 dekabrda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Bosh ofisida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 5-bosqich talabalari uchun master-klass o‘tkazildi

Master-klassni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad-talabalarni bank faoliyatining huquqiy jihatlari, amaliyot bilan tanishtirish, Bank va Universitet o‘rtasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishdan iborat. Bunday tadbirlar Bank va Universitet o‘rtasida 2-marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lib, so‘nggi yillarda bunday tadbirlarni o‘tkazish doimiy an’anaga aylanib bormoqda.

Aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlar samarali mehnat qilib kelishmoqda.

Tadbir davomida Bankning malakali va tajribali xodimlari tomonidan “Bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, bank operatsiyalari va kredit shartnomalarini tuzishning huquqiy tartibi”, “Bank kafolati: tushunchasi, turlari va amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar” va boshqa shu kabi amaliy masalalarga bag‘ishlangan mavzularda interaktiv usullarni qo‘llagan holda ko‘rgazmali slaydlar asosida ma’ruzalar qilindi.

Master-klass so‘ngida viktorina o‘tkazilib, berilgan savollarga tezkor va to‘g‘ri javob bergan talabalarga Bankning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.