21.08.2019

Yuzma-yuz muloqotlar samarasi

Yuzma-yuz muloqotlar samarasi

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati tomonidan tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar davom etmoqda. Toshkent shahri Sergeli tumanida navbatdagi sayyor qabul Bank Boshqaruv Raisi ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor uchrashuvlar aholi va tadbirkorlar bilan yaqindan muloqot o‘rnatib, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ular bilan biznes-hamkor rishtalarini bog‘lash, qolaversa, bank-mijoz munosabatlaridagi kamchilik va muammolarga yechim topishning samarali mexanizmiga aylandi.

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun tashkil etilgan tadbirda ham poytaxt ishbilarmonlari yangi bank xizmatlari haqida keng tushungacha ega bo‘lish barobarida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

DSC_0568.JPG

Uchrashuvdagi taqdimotlar, ayniqsa, eksport bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub'yektlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamda Bank qoshidagi Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni moliyalashtirish markazi faoliyati xususida batafsil ma’lumot berildi.

– Biznesda yuzma-yuz muloqotlar doim yaxshi natija bergan, – deydi tadbirkorlardan biri Rustam Rizayev – Chunonchi, bugungi bank rahbarlari ishtirokidagi jonli muloqot ham biz uchun samarali kechdi. Ular bilan yangi biznes-rejamiz haqida o‘rtoqlashdik. Yana bank kreditidan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdik.

Tadbirdan so‘ng Bank Boshqaruv Raisi tadbirkorlar bilan muloqotni poytaxtda faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish ob'yektlarida davom ettirdi. Xususan, bank moliyaviy ko‘magida yangi liniyalarni ishga tushirgan “PREMIUM AGRO PRODUCT” va “BIG BAG PRODUCTION” korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishilib, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflari o‘rganildi.

DSC_0590.JPG

Bank rahbariyati ishtirokidagi tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.

DSC_0626.JPG

DSC_0621.JPG

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.