30.12.2019

Yangi yilga yana bir tuhfa

Yangi yilga yana bir tuhfa

Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatlarda zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar bilan jihozlangan qolipli non va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ochilish marosimi bo’lib o’tmokda.

2019-yilning 16-oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida chorvachilik va bog’dorchilik tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha ustuvor vazifalarga bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilishda O’zsanoatqurilishbank zimmasiga joylarda qolipli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexlarini yangidan tashkil etish bo’yicha topshiriqlar berilgan edi.

80633105_2690184711050068_798564892842917888_n.jpg

Bank tomonidan ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tadbirkorlar o’rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi. 2019-2020-yillarda energiya tejamkor texnologiyalar asosida qolipli non va non mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan 97 ta loyiha bo’yicha tashabbuskorlar ro’yxati shakllantirilib, ularga kredit mablag’lari ajratilishi belgilab olindi.

Olib borilgan ishlar natijasida o’tgan qisqa vaqtda 8 ta, jumladan, Farg’ona tumanidagi “Abdul Inoyat Azamat”, Samarqand shahridagi “Registon non”, Navoiy shahridagi “Oltin non”, Angren shahri (Toshkent viloyati)dagi “Angren akfa jihozlash”, Sayhunobod tumani (Sirdaryo viloyati)dagi “Sayhun don un non” hamda Xonobod shahri (Andijon viloyati)dagi “Xonobodim shirinliklari” korxonalarida qurilish va jihozlash ishlari yakuniga yetkazildi.

80762999_2690184627716743_8735491935604572160_n.jpg

Mazkur korxonalarning ochilish marosimida aholini sifatli non va non mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida barpo etilayotgan korxonalarning qolgan 11 tasi shu yaqin kunlarda ishga tushirilishi, pirovardida, yuzta yangi ish o’rni yaratilib, xalq iste’mol bozoriga kuniga qo’shimcha ravishda 30 mingga yaqin qolipli non mahsulotlari yetkazib berilishi qayd etildi.

2020-yil davomida barcha loyihalarning ishga tushirilishi natijasida esa hududlarda yana aholining 600 nafari doimiy ish bilan ta’minlanib, yilliga 124,6 mln. dona qolipli non yetkazib berilishi aytib o’tildi.

Bank Axborot xizmati


Oxirgi yangilanish sanasi: 30.12.2019

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.