,
29.12.2019

Yangi yil arafasida O’zsanoatqurilishbank tomonidan yana bir xayrli tashabbusga qo‘l urildi

Yangi yil arafasida O’zsanoatqurilishbank tomonidan yana bir xayrli tashabbusga qo‘l urildi

Shu kunlarda qishning qorli, yomg’irli noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, Yangi yil dasturxonini bezatish uchun bozor-uchar qilishga oshiqamiz. Bunday vaqtlarda arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini topish tuman markazidan uzoqda istiqomat qiluvchi aholi uchun biroz qiyinchilik tug’diradi.

O’zsanoatqurilishbank tomonidan parrandachilik mahsulotlarini sotishga mo’ljallangan avtodo‘konlar bilan endilikda bu muammoga yechim topildi.

Joriy yilning 29-dekabr kuni ana shunday avtodo’konlardan ikkitasi Toshkent viloyatining qator hududlarida bo‘lib, xalqimizga arzon, sifatli, ishonchli va, eng asosiysi, mahallalarning o’ziga borib, parrandachilik mahsulotlarini taklif etdi.

81232524_2690148177720388_3817180243341344768_o.jpg

Ta’kidlash joiz, ushbu tashabbus Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 13-noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag’ishlab o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ilgari surildi.

Yig’ilishda O’zsanoatqurilishbank va “Parrandasanoat” uyushmasi zimmasiga parrandachilik mahsulotlarini aholiga arzon narxlarda yetkazib berish maqsadida 200 ta maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish va ko‘chma savdo do’konlarini tashkil etish topshirig’i berildi.

Topshiriqqa asosan ko’chma do’konlar tashkil qilish loyihasi ishlab chiqilib, Samarqand viloyatida ishlab chiqarilayotgan “Isuzu” yuk mashinalari ko’chma avtodo‘konlarga ixtisoslashtirildi.

81472111_2690148077720398_480092591103148032_o.jpg

Tuxum yo’nalishida tashkil qilingan avtodo’konda 45 ming dona tovuq tuxumi, go’sht yo’nalishida tashkil qilingan avtodo’konda esa 3 tonnagacha tovuq go’shti -200 haroratda sifatli saqlash imkoniyati mavjud.

Kelgusida bu kabi avtodo’konlar soni 200 taga yetkazilib, respublikamizning barcha hududlarida markaziy bozorlardan uzoqda joylashgan aholi gavjum joylarga arzon va sifatli tarzda parrandachilik mahsulotlari ulgurji narxlarda yetkazib berilishi ko’zda tutilgan.

Bank Axborot xizmati


Oxirgi yangilanish sanasi: 30.12.2019 16:35

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.