01.06.2019

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni qanday paydo bo‘lgan?

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni qanday paydo bo‘lgan?

Butun dunyoda bayram sifatida keng ommalashgan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni O‘zbekistonda ham munosib nishonlanadi.

Ushbu kun tarixi 1945 yilga borib taqaladi. Ya’ni, bayram ilk bor Parijdagi Xalqaro ayollar kongressida “Xalqaro ayollar demokratik uyushmasi” tomonidan tashkil etilgan. To‘rt yil o‘tgach, uyushma taklifi hamda BMT tashabbusi bilan mazkur bayramga rasmiy tus berilib, shu yilning o‘zidayoq 51 davlatda ajoyib tarzda nishonlangan!

O‘zsanoatqurilishbank osoyishta yurtimizdagi barcha bolajonlarni bugungi bayram bilan chin qalbdan tabriklaydi!

Aziz dilbandlarimiz! Biz Sizlarga har bir bola hayotida muhim bo‘lgan yaqinlaringizning cheksiz mehru muhabbatini, chin do‘stlik, g‘am-anduhsiz bolalik hamda kelajakda yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishlaringizni chin yurakdan tilab qolamiz!

Sizlar – bizning baxtli kelajagimizsiz!

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.