,
16.08.2019

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar diqqatiga!

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar diqqatiga!

Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari, xususan, eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida hududlarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB rahbariyatining sayyor uchrashuvlari davom etmoqda.

Navbatdagi sayyor uchrashuv Bank Boshqaruv Raisi Voitov Aziz Botirovich ishtirokida 2019-yil 17-avgust kuni soat 11.00 da Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji binosida o‘tkaziladi. Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, 3-mavze, 49-uy.

Uchrashuvda Bank Boshqaruv Raisiga mavjud muammolar yoki masalalar bo‘yicha bevosita murojaat qilishingiz mumkin.


Oxirgi yangilanish sanasi: 16.08.2019 19:00

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.