31.10.2019

Stress menejment: ziddiyatli holatlar kishini ham shaxs, ham mutaxassis sifatida shakllantirishda muhim omil

Stress menejment: ziddiyatli holatlar kishini ham shaxs, ham mutaxassis sifatida shakllantirishda muhim omil

O’zsanoatqurilishbank Bosh ofisida “SQB Ayollar klubi” a’zolari uchun tashkil qilingan treningda shu va boshqa masalalar keng muhokama qilindi.

– Biz hayotiy turli hodisalar tufayli sekin-asta yoki to’satdan stress holatiga tushamiz. Bu, o’z navbatida, bizning ruhiy holatimiz muvozanatini buzadi, – deydi trening mashg’ulotlarini olib borgan Elina Zelenina. – Stress menejmentida ushbu murakkab holatni to’g’ri baholash va tushkun holatdan tez holi bo’lishga qaratilgan turli uslublar mavjud.

62346684-a4cb-4ece-8151-7972865896d9.jpg

Treningda ana shu uslublar xususida keng tushuncha berildi. Stress va uning oldini olish hamda tushkun holatdan tez holi bo‘lish sirlari, ziddiyatli holatlarning shaxsga ijobiy ta’siri kabi mavzular taqdimot qilindi.

“Masalan, mehnat jamoada rahbar yoki hamkasbingiz bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik ko’p hollarda sizdagi ba’zi kamchiliklarni to’g‘irlash va, pirovardida, shaxs va/yoki mutaxassis sifatida yanada yuksalishinigizga sabab bo’ladi. Albatta, bunga siz ana shu ziddiyatli holatni to’g’ri tahlil qila olsangizgina erishasiz”, deydi Elina Zelenina.

Ma’lumki, stress hayotiy va maishiy sabablardan tashqari tashqi omillar sababli ham yuzaga keladi. Treningda ushbu tashqi faktorlar – qonunchilikdagi yangiliklar, narx-navo va ob-havodagi o’zgarishlarning kishi ruhiyatiga salbiy ta’siri haqida ham so’z ketdi.

Qanday qilib oila va kar’erani birgalikda muvaffaqiyatli olib borish sirlari borasidagi chiqishlar esa anchayin mulohazali kechdi.

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.