03.12.2019

“SQB Insurance” assistans yo’nalishida “Remed Assistance” bilan hamkorlik qiladi

“SQB Insurance” assistans yo’nalishida “Remed Assistance” bilan hamkorlik qiladi

Xorijiy davlatlarga sayohatga chiqayotgan “SQB Insurance” sug’urta kompaniyasi mijozlari uchun tibbiy sug’urta xizmatlari bo’yicha qulay sharoit yaratildi.

Kompaniya joriy yilning 2-dekabr kuni assistans yo’nalishida dunyoning ko’pgina davlatlarida yetakchilik qilayotgan “Remed Assistance” (Turkiya) kompaniyasi bilan hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladi.

Ushbu kelishuv chet elga chiqqan yurtdoshlarimizga kechayu kunduz tibbiy xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun. “Remed Assistance” kompaniyasi 1993-yilda Istambulda tashkil etilgan. Xalqaro yordam guruhi (International Assistance Group) a’zosi sifatida 15 yildan buyon xalqaro sug‘urta bozorida yuridik va tibbiy sug’urat sohasida assistans xizmatlarini ko’rsatib keladi. Dunyo bo’yicha 46 ta aloqa xizmati markazi, 6 mingga yaqin xodimlari hamda 87 millionlik mijozlar bazasiga ega. Kompaniyaga bir yilda o’rtacha 16,5 milliondan ziyod murojaat kelib tushadi.

Bank Axborot xizmati


Oxirgi yangilanish sanasi: 03.12.2019

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.