29.08.2019

“SQB Ayollar klubi”: yetakchilik strategiyasi

“SQB Ayollar klubi”: yetakchilik strategiyasi

2019-yil 28-avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida “SQB Ayollar klubi” a’zolari uchun navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova tomonidan olib borildi.

“Ayollar yetakchiligi strategiyasi” mavzuidagi seminar-treningda bank tizimida liderlik, sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarda yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari, zamonaviy boshqaruv modellari kabi mavzularda mahorat darslari va interaktiv muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

e69ba1b3-76cc-4cdb-9ca0-8ce9c9446b78.jpg

– Jamiyat hayotida xotin-qizlar mavqeini yuksaltirish, ularning davlat va jamiyat qurilishi sohasida rolini kuchaytirish Prezidentimiz ilgari surayotgan siyosatda markaziy o‘rin tutadi, – deydi Jamila Shermuhammedova. – Shu jihatdan olib qaraganda O‘zsanoatqurilishbankda tashkil etilgan “SQB Ayollar klubi”, xususan, mazkur seminar-trening muhim ahamiyatga egadir.

– Trening interfaol usulda o‘tkazilgani bilan qiziqarli kechdi, – deydi Bank Yuridik departamenti boshqarma boshlig‘i Umida Aminova. – Bunda gender tengligining xalqaro va milliy jihatlariga ko‘proq urg‘u berildi. Biz trener ko‘magida jamoada shaxsiy imijni shakllantirish va liderlikka erishish usullarini amaliy qo‘llagan holda yetarli tushunchaga ega bo‘lib, zavq ham oldik.

4781536e-2b23-4154-bd01-173ea11c3255 (1).jpg

Eslatib o‘tamiz, “SQB Ayollar klubi” 2019-yilning 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamkorligida tashkil etilgan. Klubning maqsadi – bank tizimida xotin-qizlar salohiyatini oshirish, ularning yetakchilik qobiliyatini kuchaytirish orqali davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada kengaytirishga qaratilgan.

3a8f777f-4df3-43bf-af1b-a826883ae1a1.jpg

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.