,
06.12.2019

“SQB Ayollar klubi” ilk tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi

“SQB Ayollar klubi” ilk tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27-yilligi munosabati bilan O’zsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Konstitutsiyada ayollar huquqi” nomli tadbir bo’lib o’tdi. Unda bank boshqaruvi a’zolari, xodimlar hamda “SQB Ayollar klubi” a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirda Bank Boshqaruv Raisi Aziz Voitov mamlakatimizda ayollar huquqi va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so’z yuritib, bunda Bosh Qomusimiz dasturilamal bo’layotganini qayd etdi.

Bankni transformatsiya qilish jarayonida ayol xodimlarning ham hissasi alohida ekanini ta’kidlandi. Ularning samarali mehnati, bank rivojiga qo’shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.

20096d4e-176d-42d3-acbc-b2c50329910c.jpg

– “SQB Ayollar klubi” dasturi doirasida trening mashg‘ulotlari o’tkazib, bank jamoasidagi xotin-qizlarning yuksak salohiyatli, fidoyi, nainki soha to’g‘risida, balki yurtimizdagi ijtimoiy islohotlarni ziyraklik bilan kuzatib borishiga amin bo‘ldim, – deydi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi eksperti Jamila Shermuhammedova. – Bu bir tomondan bankda xotin-qizlar uchun teng huquq va imkoniyalar yaratilganligidan, ular qadr-qimmati yuksak darajada mustahkamlanganligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan bank boshqaruvi strategiyasi ham muassasa, ham jamoa manfaatlarini ko‘zda tutgan eng to’g’ri yo‘ldan borayotganini bildiradi.

Tadbir doirasida “SQB Ayollar klubi”ning ilk dasturida faol qatnashgan qator xotin-qizlarning lavozimi oshirildi, maxsus sertifikatlar topshirildi.

93cfd526-a480-43ac-8d19-2da47760d7f4.jpg

– Mazkur bankda 22 yildan buyon faoliyat yuritaman, – deydi Bankni strategik rivojlantirish departamenti boshqarma boshlig‘i Ozoda Shukurova. – O’tgan davr davomida turli sharoit va rahbarlar qo’l ostida ishlab, doim kasbim va bankim bilan faxrlanib kelganman. Bugun “SQB Ayollar klubi”ning faol qatnashchisi sifatida rag’batlantirilganimdan ko‘ksim tog‘dek yuksaldi. Buning uchun bank rahbariyatiga shaxsan o’zim, qolaversa, boshqa ishtirokchilar nomidan cheksiz minnatdorlik bildiraman.

e4344f70-9f33-4296-bf44-ff1c624377aa.jpg

Eslatib o’tamiz, “SQB Ayollar klubi” joriy yilning avgust oyida tashkil etilgan bo’lib, bunda bank tizimida xotin-qizlarning salohiyatini yanada rivojlantirish, yetakchilik qobiliyatini kuchaytirish, siyosatchi, rahbar va jamoat arboblari sifatida o’zlarini namoyon qilishga sharoit yaratish, shuningdek mamlakatimizda barcha jabhalarda olib borilayotgan islohotlarda ular ishtirokini kengaytirish kabi maqsadlar ko’zlagan.

Bank Axborot xizmati


Oxirgi yangilanish sanasi: 06.12.2019 11:38

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.