08.10.2019

“SQB Ayollar klubi” a’zolari betakror tabiat qo‘ynida

“SQB Ayollar klubi” a’zolari betakror tabiat qo‘ynida

O‘zsanoatqurilishbank xotin-qizlarni ruhlantiruvchi va har tomonlama shakllantiruvchi “SQB Ayollar klubi” o‘z treninglarini davom ettirmoqda. Navbatdagi trening Bankning so‘lim tog‘ bag‘rida joylashgan "Ikki buloq" dam olish maskanida bo‘lib o‘tdi. 

5.jpg

Treningda nafaqat klub a’zolari, balki Bank Bosh ofisida faoliyat yurituvchi barcha ayollar ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar esa O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova tomonidan olib borildi.

– Ushbu trening boshqalaridan mutlaqo farq qildi. – deydi Bank Yuridik departamenti bosh mutaxassisi Dilafruz Raximova. – Bunga sabab uchrashuvning tabiat yon bag‘rida o‘tkazilganligidir (kulib). Shuningdek, erkin kiyim, mashg‘ulotlarning keng maydonda ko‘ngilochar o‘yinlar tarzida o‘tkazilishi ham bizga bir olam zavq-shavq ulashdi. 

13.jpg

Trening davomida tashkil qilingan jamoaviy o‘yinlar hamkasb xotin-qizlarni yanada jipslashtirishga va mazmunli xordiq chiqarib, yangi ish haftasiga katta kuch to‘plashga qulay sharoit yaratdi.

Tadbir “O‘zsanoatqurilishbank” ATB xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.        

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.