30.08.2019

Sodiq xizmatlari uchun

Sodiq xizmatlari uchun

“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi Raisi Voitov Aziz Botirovich Prezidentimizning 2019-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni asosida “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi.

Mamlakatimiz mustaqilligi kuni shodiyonasini nishonlash arafasida yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi xizmatlari uchun turli soha xodimlarini taqdirlanishi an’anaga aylangan.

Istiqlolimizning yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan ham davlatimiz rahbari Farmoni asosida bir guruh vatandoshlarimiz mukofotlandi.

E’tiborlisi, mustaqillikni mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, xususan, ishlab chiqarish sohasi va tarmoqlarini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, faol investitsiya muhitini yaratish va eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi Raisi Voitov Aziz Botirovich ham taqdirlandi.

A.B.Voitov 1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent moliya instituti, 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida boshlagan.

2018-yil iyuldan buyon “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.