26.06.2019

Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga qulay sharoit yaratib

Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga qulay sharoit yaratib

Bugun, joriy yil 26-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Investor kuni” dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan onlayn anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi mas’ullari, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Unda davlatimiz rahbarining “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, tadbirkorlar uchun ko‘zda tutilgan imtiyoz va preferentsiyalar xususida axborot berildi.

Qayd etilganidek, hujjat bilan mahalliy eksportyor ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlik sub'yektlari uchun eksport amaliyotlari, soliqqa tortish va bojxona to‘lovlari borasida, shuningdek, loyihalar import orqali keltiriladigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni moliyalashtirishda, soha korxonalarini elektr-energiya va tabiiy gaz bilan ta’minlashda belgilangan qator yengilliklar ko‘zda tutilgan.

Anjumanda hujjatda nazarda tutilgan qurilish materiallari sanoati sohasidagi investitsiya loyihalariga tijorat banklarining xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hamda kafolat berishdagi imtiyozlar alohida taqdimot qilindi.


Taqdimot O‘zsanoatqurilishbank tizimida amalda bo‘lgan chet el kredit liniyalari misolida namoyish etildi.

Bank yirik korxonalardan tortib kichik biznes sub'yektlarining loyihalarini xorijiy kredit liniyalar asosida moliyalashtirishda qator xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy banklar bilan hamkorlik kelishuvlariga ega. Sredit Suisse (Shveytsariya), Raiffeisen Bank International AG (Avstriya), Landesbank Baden-Wuerttemberg, Commerzbank, ODDO BHF, KFW Ipex-Bank (Germaniya), Gazprombank, «AK BARS Bank» (Rossiya), «Shinhan Bank» (Janubiy Koreya) hamda Xitoy, Turkiya va Janubiy Koreya Eksimbanklari bilan aloqalar samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning yanvar-may oylari davomida Bank tomonidan ushbu kredit liniyalari hisobidan 150,4 mln. dollarlik kreditlar o‘zlashtirildi. Shundan 34 mln. dollardan ziyod qismi kichik biznes sub'yektlariga tashqi savdoni moliyalashtirish maqsadlariga yo‘naltirildi.

Vebinar tarzda bo‘lib o‘tgan anjumanda Bankning hududiy filiallariga taklif etilgan tadbirkorlar mavzu yuzasidan o‘z savollariga javob oldilar.

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.