03.08.2019

Qoraqalpog‘istonda turkiyalik ekspertlar ishtirokida seminar o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istonda turkiyalik ekspertlar ishtirokida seminar o‘tkazildi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda parrandachilik sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bugun nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, balki respublika bo‘ylab yangi ishlab chiqarish ob'yektlarining qad rostlab, ko‘plab yangi ish o‘rinlari ochilishiga zamin yaratmoqda.

Biznesning eskirmas talablaridan biri - ishlab chiqarish jarayonlarini muttasil modernizatsiya qilishni taqozo etadi. Bu esa xorij tajribasini o‘rganish, chet ellik hamkorlar bilan qo‘lni qo‘lga berib ishlash demakdir.

“Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda shular haqda so‘z bordi.

Tadbirda turkiyalik taniqli parranda sohasi eksperti - professor Ergun Axmed hamda Pamukchi Ozge parrandachilik sohasida Turkiya tajribasi, soha yutuqlari va istiqbollari, o‘zaro tajriba almashish, zaruriy maslahatlar ko‘rsatish bo‘yicha chiqish qildi.

Qoraqalpog‘istonda boshqa sohalar qatori parrandachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada parrandachilikning turli yo‘nalishlarida tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Uchrashuvdan so‘ng turkiyalik mutaxassislar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida joylashgan “Eko Agro kapital” korxonasiga tashrif buyurdi. Mehmonlar bu yerda korxonaning tuxumchilik yo‘nalishidagi faoliyati va parranda boqish jarayoni bilan tanishib, soha rivoji bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdi.

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.