05.09.2019

Osiyo taraqqiyot banki O‘zsanoatqurilishbankni taqdirladi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zsanoatqurilishbankni taqdirladi

2019-yil 3-sentyabr kuni Singapurda Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Savdoni moliyalashtirish dasturi – TFP ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zsanoatqurilishbank TFP doirasida ketma-ket ikkinchi bor O‘zbekistondagi eng yaxshi hamkor bank deb topildi.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i tushirilgan mahsulotlarning dunyo bozorlarida munosib o‘rin egallashi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

cf0baee9-9f4d-496c-96e8-b70b3a33ce8a.jpg

2009-yilda ta’sis etilgan OTB Savdoni moliyalashtirish dasturi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy imkoniyatlarini oshirishni ko‘zda tutadi. O‘zsanoatqurilishbank 2013-yildan buyon mazkur Dasturda emitent bank sifatida ishtirok etib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida Bank tomonidan TFP doirasida tadbirkorlik sub'yektlarining 34 ta loyihasi moliyalashtirildi.

Ta’kidlash kerakki, 2018-yilda O‘zsanoatqurilishbank hamda OTB o‘rtasida Savdoni moliyalashtirish dasturida tasdiqlovchi bank sifatida ishtirok etish yuzasidan kelishuv imzolangan bo‘lib, mazkur kelishuv doirasida OTBning kredit kafolatlari ostida tadbirkorlik sub'yektlarining eksportini moliyalashtirish yuzasidan qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi.

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.