“Axbor-reyting” agentligi tomonidan tijorat banklarining 2019 yilning birinchi yarim yillikdagi investitsiya faolligi o‘rganildi. Unga muvofiq, O‘zsanoatqurilishbank 85,9 ball to‘plab, reyting jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Qayd etish kerakki, mazkur reyting O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi hamda Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan Tijorat banklarining 2019 yilda investitsiya faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ning ijrosi doirasida ishlab chiqilgan “Banklarning investitsion faollik reytingini aniqlash metadologiyasi”ga muvofiq ishlab chiqilgan.