,
19.11.2020

Oʻzsanoatqurilishbankdan yangi omonat - Sogʻligim-boyligim.

Oʻz salomatligiz xaqida foyda bilan qaygʻuring.

Koronavirus pandemiyasi butun dunyoni egalladi, shuning uchun nafaqat oʻzingiz va yaqinlaringiz sogʻligi xaqida qaygʻurish, balki kasallanganingizda davolanish uchun kerak boʻladigan oʻziga xos moliyaviy yostiq xaqida qaygʻurishingiz lozim.

Shuning uchun Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan yangi omonat turi Sogʻligim-Boyligim ishlab chiqildi. Omonatga pul naqd boʻlmagan koʻrinishda, plastik kartadan JOYDA ilovasi orqali qabul qilinadi. Omonatning minimal qiymati - 1 000 000 soʻm. omonat muddati davomida qoʻshimcha mablagʻlar qabul qilinmaydi.

Bu muhim! Omonat mablagʻlari mijozning hohishiga sugʻurtalanishi mumkin. Yaʼni, agar omonat muddati davrida omonatchining sogʻligi yomonlashsa, sugʻurta shartnomasi asosida sugʻurta kompaniyasi tomonidan omonatchiga kelishilgan summa toʻlab beriladi.


Oxirgi yangilanish sanasi: 19.11.2020 10:38

JOYDA - mobil ilovasi

Onlayn bank va muddatli to'lovga maxsulotlar do'koni sizning telefoningizda