,
14.09.2020

O’zsanoatqurilishbankda “SQB Zakovat” o’yinlariga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan besh tashabbus doirasida O’zsanoatqurilishbankda “SQB Zakovat” intellektual o’yinlariga start berildi.


Ta‘kidlash kerakki, “SQB Zakovat” intellektual oʼyini Bank xodimlari dunyoqarashi, tafakkuri, intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi, kitobxonlik darajasini oshirish, iqtidorli va zamonaviy koʼnikmalarga ega kadrlarni qoʼllab-quvvatlash hamda jamoaviy birdamlikni yanada kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Zoom platformasi orqali oʼtkazilagn ilk musobaqada Bankning mintaqaviy filiallari tomonidan shakllantirilgan terma jamoalar mantiqiy va kasbiy (bank, moliya, iqtisod, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, Bankning ichki meyoriy hujjatlari, bank mahsulotlari, sanʼat va adabiyot sohasiga oid) savollarga javob berish boʼyicha bellashishdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinda jamoalar har bir savolga aniq va to‘g‘ri javob berish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Qatnashchilarning puxta tayyorgarligi esa kuchli raqobatni yuzaga keltirdi.


Intellektual oʼyinlar mavsum shaklida oʼtkazilib, har bir mavsum 3 oy davom etadi. Ushbu davrda eng koʼp ball to’plagan jamoa “SQB Zakovat” intellektual o’yinlarining mavsum g’olibi deb topiladi va “SQB Zakovat” intellektual oʼyini koʼchma kubogi hamda qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlanadi.

Bank Axborot xizmati


Oxirgi yangilanish sanasi: 18.09.2020 17:04

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.