23.08.2019

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar bilan muloqot qildi

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar bilan muloqot qildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruv Raisi Aziz Voitov hududda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.


Davlatimiz rahbari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oldida turgan muammolarni zudlik bilan hal etilishiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu borada O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bank Boshqaruv Raisi ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul ushbu yo‘nalishdagi yana bir sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi. Yetmishga yaqin tadbirkorlik sub'yektlari vakillari ishtirok etgan uchrashuvda bank mas’ullari tomonidan mamlakatimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, joriy qilinayotgan yangi bank xizmatlari, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida axborot berildi.


Sayyor qabul davomida tadbirkorlarning faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha muammo va takliflari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganilishi lozim deb topilgan masalalar shaxsan Bank Boshqaruv Raisi nazoratiga olindi.

Uchrashuvdan so‘ng O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati tumandagi ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, ularning murojaatlarini joyida qabul qildi. Xususan, ko‘mir briketlari ishlab chiqaruvchi “Shumanay Briket” korxonasi hamda “Er Azizbek” parrandachilik korxonasining faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflari o‘rganildi.


O‘zsanoatqurilishbank rahbariyatining sayyor qabullari respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Bank Axborot xizmati


«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.