,
15.02.2020

Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalariga stipendiya ajratadi

Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalariga stipendiya ajratadiOʻzsanoatqurilishbank Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va matematika yoʻnalishida mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Kelishuvga koʻra, Bank tomonidan universitetning yuqori bosqich talabalari uchun stipendiya ajratilishi rejalashtirilgan. Bunda stipendiya Bankdagi amaliyot jarayonlarini aʼlo darajada oʻtagan va tegishli komissiya suhbatidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalarga moʻljallanishi koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, Bank tizimda innovatsion yechimlarni joriy qilish maqsadida talabalarning shu sohaga doir yangi dasturiy tizimlarni ishlab chiqish va joriy qilish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsad qilingan. 

Buning uchun universitet binosida “Oʻzsanoatqurilishbank innovatsion markazi” ishga tushiriladi. Markazda talaba-yoshlar dasturiy taʼminotlar yaratish, ularni bank axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimida joriy qilish, shu sohada yangi bank xizmatlari uchun biznes jarayonlarni tashkil etish, umuman, bank biznesining barcha yoʻnalishlari boʻyicha nazariy bilimlarini amaliy koʻnikmalar asosida mustahkamlashga qulay sharoit yaratiladi.

Shuningdek, tomonlarning kelishuvi bank xodimlarining AKT va axborot xavfsizligi sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirishga ham qaratilgan. Bu borada ish universitetning mahoratli pedagoglarini jalb qilgan holda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Taʼkidlash joiz, Oʻzsanoatqurilishbankda xodimlar malakasini oshirish hamda ular zaxirasini shakllantirish zamonaviy uslubda olib borilmoqda. Bankning qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan turli mazmundagi loyihalarni amalga oshirishi shu yoʻnalishdagi chora-tadbirlar sirasiga kiradi.

Bank Axborot xizmati


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.02.2020 16:12

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.