,
18.11.2020

Oʻzsanoatqurilishbank korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar beradigan maxsus aloqa kanallarini ishga tushirdi

Oʻzsanoatqurilishbank korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar beradigan maxsus aloqa kanallarini ishga tushirdi

Bank mijozlari va xodimlari tizimdagi korrupsion xavf-xatarlar yuzasidan Bank Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasiga murojaat qilish imkoni yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil yanvar oyida Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi jamiyatning barcha aʼzolari “halollik vaksinasi” bilan emlanmas va korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga oʻtilmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisha olmasligimizni taʼkidlagan edi.

Oʻzsanoatqurilishbank tizimiga ham halollik standartlarini joriy etish, bunda korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning taʼsirchan tizimini yaratish, xodimlar zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Joriy yilning 13-noyabridan Oʻzsanoatqurilishbank tizimida yoʻlga qoʻyilgan korrupsion holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplashning yangi mexanizmi bu yoʻnalishdagi ishlarning amaliy ifodasidir. Mazkur mexanizm Bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqida ishonchli maʼlumotlarni doimiy ravishda yigʻish, tahlil qilish va ularning kelib chiqish sabablarini tizimli va chuqur tahlil qilish imkonini beradi.

Ushbu jarayonga keng jamoatchilik, ayniqsa, Bank xodimlari, mijozlari va hamkorlarini jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Shunga koʻra, endilikda fuqarolar tizimda korrupsiyaga oid xavf-xatarga duch kelganda alohida ajratilgan ishonch telefoni (0-800-120-8888), Telegram boti (@sqbantikor_bot) va elektron pochta Komplayens ishonch telefoni orqali Bankning maxsus aksilkorrupsiya boʻlinmasiga anonim va shaxsini ochiqlagan holda xabar berishi mumkin.

Xabarlar avtomatik ravishda qabul qilinadi va tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassislar guruhi tomonidan tahlil qilinadi. Tahlil natijalari esa Bank Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasiga chora koʻrish uchun taqdim qilinadi.

Bank Axborot xizmati



Oxirgi yangilanish sanasi: 18.11.2020 14:44

JOYDA - mobil ilovasi

Onlayn bank va muddatli to'lovga maxsulotlar do'koni sizning telefoningizda