Maslahatga buyurtma bering
15.04.2019

O‘zsanoatqurilishbank jamoasi uchun “Oila kuni” aksiyasi o‘tkazildi

O‘zsanoatqurilishbank jamoasi uchun “Oila kuni” aksiyasi o‘tkazildi

Poytaxtimizdagi “Anhor – Lokomativ” istirohat bog‘ida O‘zsanoatqurilishbank tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar va ularning farzandlari uchun “Oila kuni” aksiyasi o‘tkazildi.


Aksiya bayram ruhida tashkil etildi. Istirohat bog‘ida mehmonlarni turli ertak qahramonlari jarangdor kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida tantanali kutib oldilar.


Bayram dasturini Bank Boshqaruvi Raisi Aziz Voitov ochar ekan, barcha xodimlarni ushbu ajoyib kun bilan tabriklab, ularga oilalari yanada mustahkam va farovon bo‘lishlarini tiladi. “Yaqinlaringizning mehru muhabbati va qo‘llab-quvvatlashlari Sizlarni ezgu maqsadlar sari yanada ilxomlantirib, kuch-quvvat beradi. Shunday ekan, Bank rivojiga hissa qo‘shayotgan Siz azizlarning oilalaringizni ijtimoiy himoyalash, mana shunday ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirish doim rahbariyat diqqat-e’tiboridadir”, dedi Bank Boshqaruvi Raisi.


Shundan so‘ng bayram Bank logotipi tushirilgan turfarang sharlar va zarlarning uchirilishi bilan boshlandi.


Aksiyani ko‘ngildagidek o‘tkazish uchun jalb qilingan ijodiy studiya jamoasi maxsus bayram dasturini namoyish etdi. 


Ota-onalar va bolalar o‘rtasida turli tanlovlar – oilaviy karaoke, quvnoq startlar, raqslar, mahorat darslari o‘tkazildi.


Bolajonlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar, tez aytishlaru topishmoqlar bayramga yanada jo‘shqinlik bag‘ishladi.


Istirohat bog‘ida kun davomida barcha attraktsionlar kattayu kichik uchun xizmat qildi.


– Bayramdan bir olam taassurot oldik, – deydi Sulaymonovlar oilasi. – Ayniqsa, bu kun farzandlarimiz xotirasida ajoyib onlardan biri bo‘lib qoladi. Bunday unutilmas shukuhli kunni tashkil qilgani uchun Bank rahbariyatiga minnatdorlik bildiramiz!


Bayram davomida mehmonlarga osh tortildi.



Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.