12.12.2019

O‘zsanoatqurilishbank Belarus Respublikasi rivojlanish banki bilan bazaviy qarz bitimini tuzdi

O‘zsanoatqurilishbank Belarus Respublikasi rivojlanish banki bilan bazaviy qarz bitimini tuzdiBugun, 2019-yilning 12-dekabr kuni O’zsanoatqurilishbank va Belarus Respublikasi rivojlanish banki o’rtasida bazaviy qarz bitimi imzolandi.
Ushbu hamkorlikdan ko’zlangan maqsad – telekommunikatsiya, transport, qishloq xo’jaligi kabi sohalarda Belarus-O’zbekiston investitsion loyihalarini amalga oshirish, bunda tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash hamda Belarus Respublikasidan yuqori texnologik asbob-uskuna, tovar va xizmatlarni sotib olishni moliyalashtirishdan iboratdir.
Shuningdek, bitim savdoni moliyalashtirish va hujjatli operatsiyalar kabi jabhalarda banklar o’rtasida uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va kengaytirishni nazarda tutadi.
– Biz Belarus Respublikasi rivojlanish bankidagi hamkasblarimizning o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlarini kengaytirishdagi sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlaymiz va buning uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz, – deydi Bank Boshqaruv Raisi o’rinbosari Zafar Azimov. – Ishonchimiz komilki, mazkur hujjatning imzolanishi banklarimiz o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi.
Ma’lumot uchun. Belarus Respublikasi rivojlanish banki 2011-yilda tashkil etilgan. Bankning asosiy faoliyati davlat dasturlarini moliyalashtirish tizimini rivojlantirish va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Bank Axborot xizmati


Oxirgi yangilanish sanasi: 12.12.2019

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.