03.10.2019

O‘zsanoatqurilishbank aksiyalarining o‘sish salohiyati

O‘zsanoatqurilishbank aksiyalarining o‘sish salohiyati O‘zsanoatqurilishbankning oddiy aksiyalari 2019-yilning sentyabr oyida o‘rtacha 13 so‘mdan 16 so‘mgacha bo‘lgan oraliq qiymatda sotildi. 
Nominal qiymati 19 so‘m bo‘lgan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha sotuvlar 35 so‘mdan 42,5 so‘mgacha bo‘lgan oraliq qiymatda amalga oshirildi. 


Hisobot davrida savdolar hajmi 9,01 mln. so‘mni tashkil etdi. Shundan 8,4 mln. so‘mi - oddiy aksiyalar, 0,6 mln. so‘mi esa imtiyozli aksiyalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Aksiyaning balans qiymati 29 so‘m.

2019-yilning 2-oktyabr holatiga ko‘ra, bitta aksiyaning bozor narxi 16 so‘mga teng holda uning haqiqiy narxi 17-18 so‘mni tashkil etadi.

Bank kapitallashuvi 1,8 trln. so‘mga teng.

2018-yilda nominal qiymati 19 so‘m bo‘lgan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend daromadi 23 foiz, oddiy aksiyalar bo‘yicha esa 3,3 foizni tashkil etdi.

Bankning oddiy aksiyalari bozor likvidligigi tavakkalchiligini hisobga olmagan holda bugungi kun holatiga o‘sish salohiyati 8-10 foizga teng.

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.