27.08.2019

Muhim vazifalar belgilab olindi

Muhim vazifalar belgilab olindi

O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruv Raisi Aziz Voitov boshchiligida barcha tarkibiy bo‘linmalar va hududiy filiallar rahbarlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tahliliy-tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bank faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini so‘zsiz ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

DSC_0721.JPG

Respublikaning barcha hududlarida Bank xizmatlari markazlarini tashkil etish, tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga yanada faol tatbiq etish, kreditlash jarayonlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish, eksportyor korxonalar uchun yangi xizmatlarni ishlab chiqish singari masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga minimal talablar” mavzuida o‘tkazilgan seminar yakunlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Xususan, masofaviy bank xizmatlari doirasini kengaytirish, plastik kartalar bo‘yicha aylanmalar hajmini oshirish, bu borada bonusli xizmatlar joriy qilish bo‘yicha tegishli tarkibiy bo‘linmalarga topshiriqlar berildi.

DSC_0779.JPG

Ma’lumki, davlatimiz rahbari boshchiligida 2019-yilning 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish va yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va o‘qituvchilar mavqeini oshirishda barcha tashkilot va idoralar rahbar xodimlar mas’uliyatini oshirish lozimligi ta’kidlanib, aniq topshiriqlar berilgan edi.

Bank Boshqaruv Raisi tomonidan O‘zsanoatqurilishbank tizimida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus asosida dastur ishlab chiqilishi belgilandi.

Bank rahbar xodimlari o‘zlariga biriktirilgan maktablarda shaxsan uchrashuvlar tashkil qilib, o‘quvchilarning bilim saviyasi va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda moliyaviy savodxonligini oshirishga hissa qo‘shadi.

DSC_0791.JPG

Bundan tashqari, har bir rahbar o‘z qo‘l ostidagi xodimlarining yuksak ma’naviyatli, fidoyi va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga shaxsan mas’ul ekani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda, shuningdek, Bank filiallaridagi moliyaviy reja ko‘rsatkichlari va muammoli qarzdorlikni qisqartirishga qaratilgan sog‘lomlashtirish dasturining bajarilish holati muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari hamda mintaqaviy filiallar boshqaruvchilarining axborotlari tinglandi.

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.