Maslahatga buyurtma bering
14.03.2019

Matbuot anjumani: O‘zsanoatqurilishbankda raqamlashtirilgan tizimga o‘tish jadal bormoqda

Matbuot anjumani: O‘zsanoatqurilishbankda raqamlashtirilgan tizimga o‘tish jadal bormoqda

Bugun, 2019-yil 14-mart kuni Milliy matbuot markazida “Raqamli bank: O‘zsanoatqurilishbankda ushbu tizimning dastlabki bosqichlari”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda Boshqaruv raisining o‘rinbosari Anvar Ergashev so‘z olib, bugungi kunda O‘zsanoatqurilishbank tizimida davlatimiz rahbari tomonidan bank-moliya tizimini zamonaviy uslublar asosida ishlaydigan sohaga aylantirish borasida qo‘yilgan vazifalar asosida faol ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

photo_2019-03-14_15-59-46.jpg

Ta’kidlanganidek, bank tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da o‘rin olgan bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan raqamli texnologiyalarga asoslangan masofaviy bank xizmati turlarini yanada kengaytirishga doir vazifalar asosida olib borilmoqda.

Xususan, bank infratuzilmalari va IT texnologiyalari modernizatsiya qilinmoqda, yangi bank mahsulot va xizmatlari ishlab chiqilmoqda, kadrlar zaxirasi zamonaviy intelektual bilim va salohiyatga ega mutaxassislar bilan shakllantirilib, bevosita mijozlar bilan ishlovchi xodimlar malakasi xizmat ko‘rsatishning yangicha yondashuvlari asosida oshirilmoqda.

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) mutaxassislari bilan hamkorlikda biznesning eng muhim 12 yo‘nalishini qamrab olgan bankni transformatsiya qilish dasturi ishlab chiqildi. Ushbu yo‘nalishda raqamli bank xizmatlarini joriy qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Tadbirda jurnalistlar bank tomonidan so‘nggi bir yil davomida tizimni raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.

photo_2019-03-14_16-00-56.jpg

Qayd etilganidek, O‘zsanoatqurilishbank tizimida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib yuridik shaxs maqomidagi mijozlariga 24/7 rejimida ishlovchi onlayn bank xizmatlari taqdim etildi. Eng zamonaviy texnologik yechimlarga asoslangan mazkur xizmatlar bilan bank o‘z mijozlariga hisob raqamlarini haftaning 7 kuni, sutkaning 24 soati mobaynida uzluksiz tasarruf qilish imkonini beradi.

photo_2019-03-14_15-59-53.jpg

– Mijozlarga masofadan xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan barcha dasturlar (“UzPSB Mobile”, “Mening bankim”, “Shaxsiy kabinet”, “Korporativ internet banking”, “UzPSB Mobile Business”, “SMS Banking”) joriy qilinayotgan yangi xizmatlarga moslashtirilgan holda takomillashtirilmoqda, – deydi O‘zsanoatqurilishbank Axborot texnologiyalari departamenti direktori Abror Kenjayev. - Jumladan, jismoniy shaxs maqomidagi mijozlar uchun yaratilgan «UzPSB mobile» mobil ilovasining veb talqini – «Mening bankim» ishga tushirildi.

Bank tomonidan O‘zbekistonda ilk marta milliy valyutadagi (so‘mli) Visa plastik kartasi muomalaga chiqarildi. Ushbu plastik karta orqali ham O‘zbekiston, ham uning tashqarisida foydalanish mumkin.

Matbuot anjumani doirasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Toshkent shahridagi Inxa universitetida tashkil etilgan O‘zsanoatqurilishbank moliyaviy texnologiya markaziga press-tur tashkil etildi.

photo_2019-03-14_15-59-59.jpg

Mazkur markaz universitet talabalariga turli axborot texnologiyalari yordamida bank biznesining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar asosida mustahkamlashga qulaylik yaratsa, bank uchun AKT sohasida kadrlar zaxirasini o‘z vaqtida yuqori salohiyatli mutaxassislar bilan butlashga keng sharoit yaratadi.

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.