17.09.2019

Jizzaxlik tadbirkorlar diqqatiga!

Jizzaxlik tadbirkorlar diqqatiga!

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari, xususan, eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida hududlarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB rahbariyatining sayyor uchrashuvlari davom etmoqda.

Navbatdagi sayyor uchrashuv Bank Boshqaruv Raisi Voitov Aziz Botirovich ishtirokida 2019-yil 18-sentyabr kuni soat 11.00 da “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Jizzax mintaqaviy filiali binosida o‘tkaziladi.

Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov shox ko‘chasi, 7-uy.

Uchrashuvda Bank Boshqaruv Raisiga mavjud muammolar yoki masalalar bo‘yicha bevosita murojaat qilishingiz mumkin.

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.