15.07.2019

Jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan yangi loyiha ishga tushdi

Jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan yangi loyiha ishga tushdi

O’zsanoatqurilishbank Technoshop do’konlar tarmog’i bilan hamkorlikda jismoniy shaxslarga mo’ljallangan yangi loyihani ishga tushirdi.

Endilikda Technoshop do’konlarida jismoniy shaxslar O’zsanoatqurilishbank iste’mol kreditlari ko’magida barcha turdagi uy-ro’zg’or buyumlarini xarid qilishlari mumkin.

E’tiborlisi, kreditlar garovsiz va boshlang’ich badalsiz, atigi 2 ta hujjat (fuqaro pasporti va daromadi haqidagi ma’lumotnoma) asosida taqdim etiladi.

Kredit shartlari:

– eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha;

– 12 oy muddatga;

– yillik 26 foizda.

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.