11.06.2019

IXSRK va O‘zsanoatqurilishbank: hamkorlikning yangi ufqlari va istiqbollari

IXSRK va O‘zsanoatqurilishbank: hamkorlikning yangi ufqlari va istiqbollari

Joriy yilning 11-iyun kuni Islom xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasi (IXSRK, Islom taraqqiyot banki guruhiga kiradi) va O‘zsanoatqurilishbank o‘rtasida “Islomiy darcha”ni tadbiq etish maqsadida maslahat xizmatlarini ko‘rsatgan holda texnik ko‘maklashish bo‘yicha bitim imzolandi.

Mazkur hujjatning imzolanishi korporatsiya ijrochi direktori Ayman Sejini boshchiligidagi IXSRK delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

IXSRK delegatsiyasining tashrifi davomida korporatsiya vakillari tomonidan moliya muassasalari o‘rtasida sherikchilik munosabatlarini o‘rnatish masalalariga qiziqish bildirildi. Bu esa istiqbolda korporatsiyaning mamlakatimizda samarali faoliyat yuritishi uchun platformani mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joiz, IXSRK O‘zsanoatqurilishbankka “Islom banking” darchasi vakolatiga kiruvchi masalalar - moliyaviy hisobot yuritish, axborot texnologiyalari, marketing va kommunikatsiyalar, kadrlarni boshqarish hamda huquqiy tomonlama ko‘maklashadi.

Mazkur darchaning ochilishi munosabati bilan IXSRK bosh ijrochi direktori Ayman Sejini quyidagicha bayonot berdi:

“Mazkur hujjatning imzolanishi, shubhasiz, muassasalarimiz o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikka xizmat qilishini mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim. Bunda IXSRK mutaxassislarining O‘zsanoatqurilishbankka ko‘rsatadigan maslahat xizmatlari va texnik ko‘magi alohida ahamiyatga egadir. Shuningdek, bitim islomiy moliyalashtirish bo‘yicha ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash hamda ushbu xizmatni rivojlantirish maqsadida Islom moliyalashtirish dasturlari doirasida ilgari surilayotgan tajriba masalalarida ko‘maklashadi.

O‘zbekistonda Islom moliyalashtirish institutini tashkil etish respublika moliya bozorini yangi mahsulotlar bilan boyitadi. Islomiy moliya muassasalar hamda mamlakat banklari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytiradi, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishda yanada ko‘proq imkoniyat taqdim etadi.

Ma’lumot. Islom xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasi 1999-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, Islom taraqqiyot banki guruhi a’zosi hisoblanadi.

IXSRK asosiy vazifasi iqtisodiy rivojlanish masalalarida korporatsiyaga a’zo mamlakatlarga ko‘maklashish hamda xususiy sektor sohasiga shariatning asosiy tamoyillariga muvofiq moliyaviy mablag‘lar va investitsiyalarni ajratishga qaratilgan.

Korporatsiya bozor iqtisodiyoti kon’yunkturasini yaxshilash va xususiy sarmoya kiritish g‘oyasini samarali amalga oshirish, investitsion imkoniyatlar darajasini oshirishga ko‘maklashish, davlat korxonalarini xususiylashtirish va Islom kapital bozorini rivojlantirish maqsadida ishtirokchi mamlakatlar xususiy sektori uchun maslahat xizmatlarini taqdim etgan holda texnik ko‘makni ham amalga oshiradi.

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.