30.07.2019

Iqtidorli yoshlar uchun maxsus trening

Iqtidorli yoshlar uchun maxsus trening O‘zsanoatqurilishbank o‘zining yosh xodimlarining ma’naviy va jismoniy kamol topishlari, ularni kelajakda har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishlariga alohida e’tibor berib keladi.

Bank Boshqaruv Raisining tashabbusi bilan Bankda “Leadership energy” SQB-100 guruhi tuzilgan bo‘lib, unga yosh, iqtidorli, xorijiy tillarni biluvchi, o‘zini faol ko‘rsatgan, jonkuyarligi bilan jamoa o‘rtasida hurmatga erishgan xodimlar jalb qilingan.

Kuni kecha bankning “Ikkibuloq” dam olish maskanida “Leadership energy” guruhi a’zolari ishtirokida “Team building” korporativ tadbiri o‘tkazildi. Tadbir interaktiv ko‘rinishda o‘tkazilib, dastavval bugungi kunda bankda olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari hamda kelgusida bank erishishi ko‘zlangan maqsadlar to‘g‘risida atroflicha  tushuntirishlar berildi. Rahbarlik xususiyatlarini shakllantirish, o‘z vaqtini to‘g‘ri va unumli taqsimlash yuzasidan trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Shundan so‘ng guruh a’zolari jamoalarga bo‘linib, sportning suzish, futbol, voleybol, stol tennisi va arqon tortish turlari bo‘yicha o‘zaro musobaqalashishdi. 

Tadbir yakunida g‘oliblarga Bank Boshqaruv Raisining shaxsiy kutubxonasidan ezgu tilaklar bilan imzolangan sara kitoblar hamda qimmatli esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.