28.08.2019

Filippinlik investorlar bilan kelishuv

Filippinlik investorlar bilan kelishuv

O‘zsanoatqurilishbank Mirzo Ulug‘bek filialida “Liwayway Holdings Company Limited” kompaniyasi (Filippin) prezidenti Karlos Chan boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning investitsion salohiyati va xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumot berildi. Bu borada O‘zsanoatqurilishbankda amalga oshirilayotgan ishlar, bank xizmatlari hamda Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi (Investitsiya markazi) faoliyati mehmonlarda qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, filippinlik investorlar uchun bankning Mirzo Ulug‘bek filialida milliy va xorijiy valyutada hisob raqam ochildi, ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan loyiha Investitsiya markazi ko‘magida amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Bunda markaz xodimlari xorijiy investorlarning umumiy qiymati 15 million AQSh dollariga teng biznes-rejasi bo‘yicha loyiha va loyiha oldi texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, zavodning qurilish-montaj ishlaridan tortib, uni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash, malakali mutaxassislar jalb qilish, ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yib, eksport shartnomalarini tuzishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yaqindan yordam beradi.

Ma’lumot uchun. “Liwayway Holdings Company Limited” yengil tamaddi uchun ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya “Oishi” brendi ostida dunyoning 9 davlatidagi 25 ta zavodda 50 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.