12.08.2019

Filiallar xodimlari sayyor seminarda

Filiallar xodimlari sayyor seminarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB filiallaridagi Ajratilgan kreditlarni monitoring qilish bo‘limlari xodimlari uchun “Banklarda monitoring va muammoli aktivlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida sayyor seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda professional trenerlar hamda Kreditlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash departamentining rahbar va xodimlari tomonidan tinglovchilar uchun kreditlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash mavzularida trening mashg‘ulotlari o‘tildi.

Shuningdek, faol va o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan xodimlar Bank Boshqaruvining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.