,
06.12.2019

Eksportni moliyalashtirishda Yevropa mamlakatlari tajribasi o’rganildi

Eksportni moliyalashtirishda Yevropa mamlakatlari tajribasi o’rganildi

Joriy yilning 4-dekabr kuni poytaxtimizdagi «Radisson Blu Hotel» mehmonxonasida Germaniya, Avstriya va Shveytsariya davlatlarining eksport-kredit agentliklari tomonidan eksportni moliyalashtirish va eksportni kreditlashni sug’urtalash masalalariga bag’ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Unda ushbu eksport-kredit agentliklari tasarrufidagi «Euler Hermes», «Oesterreichische Kontrollbank» va «Swiss Export Credit Insurance (SERV) institutlaridan ham vakillar ishtirok etdi.

Konferensiyada mamlakatimiz bank-moliya muassasalari mutaxassislari, shu jumladan, O’zsanoatqurilishbank xodimlari tadbir mavzusi doirasida jahon bozori konyukturasidagi o’zgarishlarning joriy tendentsiyalari bilan yaqindan tanishtirildi. Bu borada eksport-kredit agentliklari tajribasi o’rganildi.

So’nggi yillarda respublikamizda olib borilayotgan islohotlar xususan, iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsion va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bank-moliya sektorini xalqaro xizmat ko’rsatish standartlariga muvofiqlashtirish borasidagi ishlar mehmonlar e’tiborini tortdi.

– Bunday keng qamrovli anjumanning O’zbekistonda o’tkazilishi shubhasiz, jahon moliya bozori, ayniqsa xalqaro biznes hamjamiyatining katta qiziqishiga sabab bo’ladi, – deydi Commerzbank AG (Avstriya) vakili Bodo Tyons. – Bu yurtingizga kirib kelayotgan investitsiyalar oqimini kuchaytiradi, qo’shma korxonalarning tashkil etilishi va ularga xorijiy kredit liniyalarining ko’proq jalb qilinishiga omil bo’ladi.

Konferensiya qizg’in muhokamalar va savol-javoblarga boy tarzdi o’tdi.

251b7fef-82da-4c0f-a691-5d2b04271eb.jpg

Bank Axborot xizmati


Oxirgi yangilanish sanasi: 09.12.2019 15:20

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.