19.08.2019

Bolalar uchun Bankka ekskursiya tashkil etildi

O‘zsanoatqurilishbank xodimlari farzandlari uchun muassasa Bosh binosiga ekskursiya tashkil etildi. Bunda yosh avlodni vatanvarparlik ruhida tarbiyalash, kelajakda kasbni to‘g‘ri tanlashga undash, qolaversa, bolalarni ota-onalari faoliyati, ish sharoiti bilan yaqindan tanishtirish barobarida ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash maqsadi ilgari surildi.

33c9cb5a-1bda-488c-b737-965d4b1684f6.jpg

Bank Bosh ofisi bolajonlar ruhiga mos bezatildi. Ularni musiqiy o‘yin-kulgular bilan turli ertak qahramonlari qarshi oldi.

Dastavval, tadbir uchun yig‘ilgan 200 nafarga yaqin bola e’tiboriga vatanparvarlik mavzusidagi multfilm hamda Bank faoliyati, tarixi haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

46602f72-b00d-41b9-adb8-c7b7a9eaa645.jpg

So‘ngra ular kichik guruhlarga bo‘linib, bankning qator tuzilmalariga tashrif buyurishdi. Jumladan, kassa amaliyotlari bo‘limida bolajonlarni kassa xodimlari kutib olishib, terminal, bankomat va pul sanash uskunalari bilan tanishtirdi.

269017a9-6b5b-4b98-82e3-b117294078c4.jpg

Plastik kartalar turi, ulardan foydalanish tartibi haqida tushuncha berildi. Qalbaki pullarni haqiqiysidan ajratish sir-asrorlari o‘rgatildi.

Bundan tashqari, bolalarga omonat va depozit yacheykalarining afzalliklari, maqsadli kreditlar xususida tushuncha berildi.

f7fa22b4-5cbe-413d-b67f-9fddcb511905.jpg

Jajji mehmonlar o‘z ota-onalarining mehnat sharoitlari bilan tanishar ekan, ayniqsa, ularda bankda yo‘lga qo‘yilgan xavfsizlik choralari, turniket va videokuzatuv kamerlari ishi katta qiziqish uyg‘otdi.

cf6f460a-e5c5-46c1-a7c0-3bd70f9b0ef9.jpg

Tadbirga Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri jamoasining badiiy chiqishlari hamda turli viktorina o‘yinlar yanada mazmun kiritdi.

67311269-c600-44d6-b80e-c7e596c58c42.jpg

Bayram dasturxoni yozildi, kichkintoylarning sevimli shirinligi – muzqaymoq tarqatildi.

f8233a37-6301-4240-a8c8-99d11b8cfd26.jpg

Tadbir so‘ngida esa ularga yorqin dizayndagi plastik kartalar va bank logotipi tushirilgan sovg‘alar taqdim etildi.

7237316b-6663-4601-bcbe-fe6e6ebdf217.jpg

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur ekskursiya yozgi dam olish ta’tilida bolajonlarda eng yorqin tadbirlardan biri sifatida katta taassurot qoldirdi.

b115b64f-d108-4231-a2cc-096cf7669a94.jpg

7b911777-e535-4c93-a0eb-6c4766957890.jpg

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.