,
09.06.2020

Bankimiz haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashing

Xurmatli mehmonlar va aziz mijozlarimiz!

2018-yilda Oʻzsanoatqurilishbank yillar davomida saqlanib kelayotgan anʼanaviy bank amaliyotidan voz kechishga qaror qildi va mijozlar talabiga mos zamonaviy bank transformatsiyasi yoʻlini tanladi.

Oʻtgan vaqt mobaynida bank rebrendingi boʻyicha salmoqli ishlarni amalga oshirildi. Xususan, bank ofislari ta'mirlandi va qayta jihozlandi, mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlari joriy qilindi, IT transformatsiya yoʻnalishi tanlab olindi. Yaqinda bankning mobil ilovasi yangilandi, yangi sayt ishlab chiqilmoqda, aloqa markazi modernizatsiyalanmoqda. 

Shuningdek, yangi va innovasion bank xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini beruvchi yangi karta protsessinggi ustida ish olib borilmoqda.

Mijozlarga xizmat koʻrsatishni yanada yuksaltirish, bunda ularning talab va takliflarini inobatga olish, muammoli boʻlinmalar va jarayonlarni aniqlash maqsadida Oʻzsanoatqurilishbank yangi aloqa kanalini ishga tushirdi.


Bu yerda bank bilan aloqada boʻlgan (sotuv nuqtalari, aloqa markazi, veb-sayt orqali) har bir kishi oʻz fikr va mulohazalarini qoldirishi mumkin. 

Jamlangan fikrlar kelgusida bank mahsulotlarini yaxshilashga va mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Shunday ekan, siz aziz mijozlardan bankimiz ravnaqi uchun takliflaringizni yo'llashda qimmatli vaqtingizni ayamaysiz deya umid qilamiz.

Javoblaringizni t.me/sqbuzbot da kutamiz   



Oxirgi yangilanish sanasi: 10.06.2020 09:38

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.