13.04.2019

«BankExpo – 2019»: O‘zsanoatqurilishbank – investitsion loyihalarni moliyalashtirishda eng yaxshi bank

«BankExpo – 2019»: O‘zsanoatqurilishbank – investitsion loyihalarni moliyalashtirishda eng yaxshi bank

Bugun, 2019-yil 13-aprel kuni “BankExpo – 2019” milliy ko‘rgazmasida O‘zsanoatqurilishbank “Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda eng yaxshi bank” nominasiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

a3fd8888-5fe8-4120-a267-50fbc008a245.jpg

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuida uch kun davom etgan “BankExpo – 2019” milliy ko‘rgazmasida O‘zsanoatqurilishbank ham faol ishtirok etdi. Ayniqsa, bank stendiga tadbirkor va investorlarning qiziqishi katta bo‘ldi.

Bank stendining “Kredit supermarketi” hamda “Maslahat burchagi” bo‘limlarida tashrif buyuruvchilarga yurtimizda yaratilgan ishbilarmonlik hamda investitsiya muhiti, bu borada mazkur Bank takliflari, shu jumladan xorijiy kredit liniyalar xususida batafsil ma’lumot berildi.

6bb82e62-eb08-430c-8e15-678a697c9958.jpg

Qayd etish joiz, O‘zsanoatqurilishbank xorijiy kredit liniyalarini jalb qilishda Yevropaning Sredit Suisse (Shveytsariya), Raiffeisen Bank International AG (Avstriya), Landesbank Baden-Wuerttemberg, Commerzbank, ODDO BHF, KFW Ipex-Bank (Germaniya), Gazprombank (Rossiya), shuningdek, Xitoy, Turkiya va Janubiy Koreya Eksimbanklari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Joriy yilda Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi, «Shinhan Bank» (Xitoy), «AK BARS Bank» (Rossiya)lar bilan savdoni moliyalashtirish yo‘nalishida istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

87.jpg

Bank qoshida mahalliy tadbirkorlar va chet ellik investorlarining investitsiya faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Markaz xodimlari investorlarga o‘z sarmoyalarini istiqbolli biznesga samarali yo‘naltirishga texnik jihatdan ko‘maklashmoqda. E’tiborlisi, markaz zimmasidagi ushbu xizmatlar “Yagona darcha” tamoyili asosida “kredit supermarketi” sifatida ko‘rsatilmoqda.

5b1d8967-7aeb-46e5-ad4d-0e206cf3e02c.jpg

“BankExpo – 2019” ko‘rgazmasida O‘zsanoatqurilishbankning yangi brend ostidagi stendida, shuningdek, muassasa tizimida olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari to‘g‘risida mufassal ma’lumot berildi.

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.