05.11.2019

Bank xizmatlari markazi qo’qonliklar uchun ham hoziru-nozir

Bank xizmatlari markazi qo’qonliklar uchun ham hoziru-nozir

Joriy yilning 4-noyabr kuni O’zsanoatqurilishbankning Qo’qon filiali qoshida Bank xizmatlari markazi ochildi.

O’zsanoatqurilishbank tomonidan bank-moliya xizmatlari yetib bormagan shahar markazlaridan olisdagi qishloq va ovullarda ham zamonaviy tizimda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ishlari faol olib borilmoqda.

2070004f-4176-4951-b169-f59c4883083a.jpg

Xususan, zamonaviy yondoshuvlar asosida barpo etilib, aholi e’tiboriga havola etilayotgan Bank xizmatlari markazining navbatdagi Qo’qon shahrida ishga tushirildi.

Markaz ilg’or kommunikatsiya vositalari hamda zamonaviy mebellar bilan jihozlangan. Ularda malakali bank xodimlari yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlarini ko’rsatadi. Hisob raqam ochish, kredit olish uchun ariza berish, onlayn omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi to’lovlar hamda xalqaro pul o’tkazmalari markazdagi xizmatlar sirasiga kiradi.

db077a21-0153-43c6-87d6-6d3160b3eec9.jpg

Markazda 24/7 rejimida faoliyat ko’rsatuvchi zamonaviy bankomat va infokiosklar esa hudud aholisi hamda mehmonlariga haftaning istalgan kuni, sutkaning istalgan vaqtida milliy va xalqaro plastik kartalaridagi mablag‘larini naqdlashtirishi, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirishlariga qulay sharoit yaratadi.

Shunday qilib, O’zsanoatqurilishbank tizimida bank xizmatlari iste’molchilari manfaatlarini to‘la qanoatlantirib, ularga jahon standartlari darajasida xizmat ko’rsatuvchi Bank xizmatlari markazi 27 taga yetdi.

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.