03.07.2019

Bank tomonidan yangi “OSON” nomli omonat joriy etildi

Bank tomonidan yangi “OSON” nomli omonat joriy etildi

Omonatning minimal summasi – 100 000 so‘m. Omonatchi omonatining 5 million so‘mdan oshgan qismi bo‘yicha qisman chiqim qilishi mumkin. Bunda chiqim operatsiyasi bajarilgandan so‘ng omonat qoldig‘i 5 million so‘mdan kam bo‘lmasligi shart.

Omonatning yillik ustamasi 18 foiz bo‘lib, uni saqlash davrida qo‘shimcha mablag‘lar kiritib borish mumkin.

Omonatga mablag‘lar ham naqd, ham naqd pulsiz plastik kartalar orqali, shuningdek masofadan “UzPSB Mobile” mobil dasturi yordamida onlayn rejimida qabul qilinadi.

“OSON” omonatining saqlanish muddati 13 oy. Hisoblangan foiz daromadlari har oyda to‘lanadi.

Bank Axborot xizmati

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.