28.08.2019

Bank rahbariyati ishtirokidagi sayyor qabullar davom etmoqda

Bank rahbariyati ishtirokidagi sayyor qabullar davom etmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Yunusobod tumanidagi filiallari rahbarlari tomonidan 2019-yil 28-avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bankning Amaliyot boshqarmasi, Yunusobod va Shaxriston filiallari mijozlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Amaliyot boshqarmasidagi uchrashuv Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i –Shamsiddinov Sharofiddin Ramziddinovich boshchiligida 2019-yilning 28-avgust kuni soat 10.00 dan 16.00 gacha Amaliyot boshqarmasi binosida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3 uy.

Yunusobod filialida uchrashuv Boshqaruvchi – Nosirov Sherali Fozilovich boshchiligida 2019-yilning 28-avgust kuni soat 10.00 dan 16.00 gacha bankning Yunusobod filiali binosida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Yunusobod 9 mavze, Uch qahramon ko‘chasi, 7 uy.

Shaxriston filialida uchrashuv Boshqaruvchi – Xarisov Rufat Nilovich boshchiligida 2019-yilning 28-avgust kuni soat 10.00 dan 16.00 gacha Shaxriston filiali binosida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi, 49 uy.

Uchrashuvda mavjud muammolaringiz yoki qiziqtirgan masalalar bo‘yicha bank mas’ullari bilan shaxsan muloqot qilishingiz mumkin bo‘ladi.

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.