26.07.2019

AQSh moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

AQSh moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Nyu-York shahrida (AQSh) o‘tkazilgan “O‘zbekiston kapital bozori imkoniyatlari” investitsiya forumida ishtirok etdi.

Forumda AQShlik sarmoyadorlar, yetakchi fond birjalari hamda AQSh regulyatorlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, loyihalar bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishish masalalari muhokama qilindi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB vakillari shuningdek, AQShning BlackRock, Inc., Goldman Sachs Group, Citibank va J.P. Morgan Chase Bank singari yetakchi bank va investitsiya kompaniyalari mas’ullari bilan muzokaralar olib bordi.

Bank mutaxassislari tomonidan AQShlik moliyachilarga O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati hamda xorijiy investitsiyalar bozorining istiqbolli yo‘nalishlari to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazilib, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

“O‘zsanoatqurilishbank” vakillari J.P. Morgan Chase Bank va Citibank bo‘linmalari faoliyati bilan tanishib, chakana biznes va mijozlarga xizmat ko‘rsatish amaliyoti bilan tanishdi.


Uchrashuvlar yakunida “O‘zsanoatqurilishbank” hamda Citibank rahbarlari tomonidan Savdo bo‘naklarini to‘lab berish to‘g‘risidagi muddatsiz shartnoma (Continuing Agreement for Reimbursement of Trade Advances (CARTA) bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv imzolandi. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik sub'yektlarining eksport va import shartnomalarini moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.


Ma’lumot uchun. BlackRock, Inc. – qarorgohi Nyu-York shahrida joylashgan xalqaro investitsiya kompaniyasi boshqaruvdagi aktivlari (6,5 trillion dollar) hajmi bo‘yicha jahonda yetakchi hisoblanadi.

Goldman Sachs Group — dunyoning eng yirik investitsiya banklaridan biri, moliyaviy konglomerat. Investitsiya bankingi, qimmatli qog‘ozlar savdosi, investitsiya menejmenti va boshqa moliyaviy xizmatlar bilan shug‘ullanadi. Bankning aktivlari - 931,8 mlrd. AQSh dollarni, kapitali - 90,2 mlrd. AQSh dollarini, daromadi - 36,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etmoqda.

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.