Shakl:Shrift o'lchami:
18.10.2018

“O‘ZSANOATQURILISHBANK” ATB AKSIYADORLARINING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILISHI HAQIDA

X A B A R N O M A 

“O‘zbekiston sanoat – qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki (pochta manzili: Toshkent shahri, Shaxrisabz ko‘chasi 3 uy, elektron pochta manzili: info@uzpsb.uz) aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyi: 2018 yil 26 oktabr, soat 11:00, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 5-uyda joylashgan bank binosida. 

YIG‘ILISH KUN TARTIBI: 

1. Affilangan shaxs bilan bitim tuzish to‘g‘risida.

Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2018 yil 26 oktabr kuni soat 10:00 dan boshlanadi. Umumiy yig‘ilishga oid axborotlar (materiallar) bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shahri, Mustaqillik shohko‘chasi, 5 uy.

Aksiyadorlar shaxsan yoki ularning vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjat, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (jismoniy shaxs vakillari notarial tasdiqlangan, yuridik shaxs vakillari tashkilot tomonidan berilgan ishonchnoma) bilan yig‘ilishda ishtirok etishlari mumkin.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun bank aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi: 2018 yil 18 oktabr.

Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlarning reyestrini shakllantirish sanasi: 2018 yil 22 oktabr.

Murojaat uchun telefonlar: (0371) 120–4507, 120-3625.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashi

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.