Maslahatga buyurtma bering
27.03.2019

“Capital realtor group” MChJ ochiq auktsion savdoga taklif etadi!

“Capital realtor group” MChJ  ochiq auktsion savdoga taklif etadi!

“Capital realtor group” MChJ

ochiq auktsion savdoga taklif etadi!

“Capital realtor group” MChJ Samarqand filialida 2019 yil 29 aprel kuni soat 11.00 da ob'yekt boshlang‘ich narxi oshib borishi tartibida o‘tkaziladigan ochiq auktsion savdoga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvining 2019 yil 18 mart kungi 27/4-qaroriga asosan Samarqand shahri, Bobur Mirzo ko‘chasi, 3-“a” uyda joylashgan, umumiy yer maydoni 0,89661 Ga, qurilish osti maydoni 1359,27 kv.m., foydali maydoni 7189,81 kv.m. bo‘lgan bank ma’muriy binosi (erto‘lasi bilan). Boshlang‘ich narxi - 20 960 576 000 so‘m.

Talabgorlar diqqatiga!

Ushbu ko‘chmas mulk auktsion savdoda sotilmagan taqdirda, uni sotish yuzasidan o‘tkaziladigan takroriy auktsion savdo 2019 yil 13 may kuni soat 11.00 da o‘tkazilishini oldindan ma’lum qilamiz.

Ushbu ko‘chmas mulk bilan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Samarqand viloyati filiali vakillari ishtirokida bevosita joyiga chiqib tanishish mumkin. Auktsion savdoda ishtirok etish uchun talabgorlardan arizalar haftaning rasmiy ish kunlari soat 10.00 dan 17.00 gacha qabul qilinadi va savdo boshlanishiga bir kun qolganda to‘xtatiladi. Auktsion savdoda qatnashish istagida bo‘lgan talabgorlar ko‘chmas mulk boshlang‘ich narxining 15 foiz miqdoridan kam bo‘lmagan zakalat pulini savdo tashkilotchisi - “Capital realtor group” MChJning “Kapitalbank” ATB Mirzo Ulug‘bek filialidagi quyidagi hisob raqamiga to‘lashlari shart: № 20208000204927571003, MFO 01018, STIR 207126662.

Savdo g‘olibiga savdo o‘tgan kundan boshlab 10 (o‘n) kalendar kuni mobaynida sotuvchi bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolash majburiyati yuklatiladi. Sotuvchi tomonidan mulk uchun to‘lovlarni to‘lash muddati oldi-sotdi shartnomasida belgilanadi.

Savdo g‘olibi ushbu ko‘chmas mulk joylashgan bino o‘rnida Samarqand shahrining bosh rejasiga asosan zamonaviy mehmonxona sifatida qayta rekonstruktsiya qilish majburiyatini oladi.

Auktsion savdoda qatnashish uchun jismoniy shaxslar fuqarolik pasport nusxasi, yuridik shaxslar esa jamiyat guvohnomasi, nizomi va vakolatli shaxsning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, hamda ishonchnoma asosida vakolatli shaxs qatnashgan taqdirda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani asl nusxasi taqdim qilinadi.

  1. Savdo o‘tkazilish, talabgorlardan arizalarni qabul kilish, hamda qo‘shimcha ma’lumot olish uchun manzil: Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 150-uy, 2-qavat. Telefon: (+998 93) 355-74-06. Web: realtgroup.uz, e-mail:Litsenziya: RR-0017.

Xizmatlar litsenziyalangan.


«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.